Идеи в сфере народного образования Beta

Texnologik rivojlangan jamiyat uchun hodimlarni tarbiyalash tajribasi

Описание предложения

Mamlakatni rivojlantirish uchun birinchi navbatda ilg'or tajribani o'zlashtira va samarali jarayonlarni tadbiq qila oladigan, texnologik intizomga qattiq rioya qiladigan xodimlarni tayyorlash kerak bo'ladi. Aks xolda, barcha urinishlar chippakka chiqish ehtimoli kuchli. Ilg'or Yevropa mamlakatlari va ayniqsa Yaponiyaning kadrlarni tayyorlashdagi chora-tadbirlari qisqa vaqtda ularni ilg'or iqtisodiy davlatga aylantirdi. Afsuski, biz bu sohada aytarli ish qilmadik hali. Aksincha, yo'llardagi qoida buzarliklar, maishiy jarohatlar, texnologik intizomning yo'qligi, hamma soha va vazifalardagi mas'uliyatsizlik sabablarini ta'lim sifatiga bog'lasa bo'ladi.

Целесообразность идеи / предложения

Rivojlanish konsepsiyasida 2035 yilga borib O'zbekiston iqtisodiyotini "industriya 4.0" darajasiga ko'tarish taklif qilinyapti. Bu texnologik inqilob uzoq kuttirmaydi va kelasi 10-20 yil ichida yuz beradi. Biz tayyormizmi yoki autsayder, ya'ni qoloq va qashshoq millat bo'lamizmi? Maktabgacha Ta'lim va Xalq Ta'limi jarayonlarini takomillashtirish uchun Janubiy Koreya tajribasidan foydalanish aytib o'tildi mutasaddilar tomonida shu paytgacha. Nimaga Janubiy Korya andoza olgan Yapon tajribasini qo'llamaymiz? Axir yurtimizda 30 yildan beri faoliyat yuritayotga Yaponiyaning JICE/JDS bunga tayyorku?

Возможные пути реализации идеи / предложения

Hozir respublikamiz iqtisodiyoti "texnologik saviyasi yoq" darajada [“Developing Firms’ Technological Capabilities.” E. Arnold, B. Thuriaux. 1997]. Agar Iqtisodiyot va Sanoat Vazirligi o'z Nizomida "intellektual va texnologik saviyani rivojlantirish ..." vazifasini belgilamasa, ta'lim sohasi umuman rivojlanmaydi. "Texnologik rivojlangan jamiyat uchun hodimlarni tarbiyalash tajribasi" ni o'tgan yili taklif qilgan edim. Lekin "imkoniyatlar chegaralangan", degan mazmunda javob eshitgan edim. Bu yildan boshlab nafaqat olinayotgan kreditlarning mu'ayyan qismi, balki alohida kreditlar ham ta'limga yo'naltirilyapti. Endi vaqti keldi, degan fikrdaman.

Комментарии (0)

Нет комментариев