Maktabgacha va maktab ta'limi sohasidagi g'oyalar Beta

Texnologik rivojlangan jamiyat uchun hodimlarni tarbiyalash tajribasi

Gʻoya tavsifi

Mamlakatni rivojlantirish uchun birinchi navbatda ilg'or tajribani o'zlashtira va samarali jarayonlarni tadbiq qila oladigan, texnologik intizomga qattiq rioya qiladigan xodimlarni tayyorlash kerak bo'ladi. Aks xolda, barcha urinishlar chippakka chiqish ehtimoli kuchli. Ilg'or Yevropa mamlakatlari va ayniqsa Yaponiyaning kadrlarni tayyorlashdagi chora-tadbirlari qisqa vaqtda ularni ilg'or iqtisodiy davlatga aylantirdi. Afsuski, biz bu sohada aytarli ish qilmadik hali. Aksincha, yo'llardagi qoida buzarliklar, maishiy jarohatlar, texnologik intizomning yo'qligi, hamma soha va vazifalardagi mas'uliyatsizlik sabablarini ta'lim sifatiga bog'lasa bo'ladi.

Gʻoya/taklifning maqsadga muvofiqligi

Rivojlanish konsepsiyasida 2035 yilga borib O'zbekiston iqtisodiyotini "industriya 4.0" darajasiga ko'tarish taklif qilinyapti. Bu texnologik inqilob uzoq kuttirmaydi va kelasi 10-20 yil ichida yuz beradi. Biz tayyormizmi yoki autsayder, ya'ni qoloq va qashshoq millat bo'lamizmi? Maktabgacha Ta'lim va Xalq Ta'limi jarayonlarini takomillashtirish uchun Janubiy Koreya tajribasidan foydalanish aytib o'tildi mutasaddilar tomonida shu paytgacha. Nimaga Janubiy Korya andoza olgan Yapon tajribasini qo'llamaymiz? Axir yurtimizda 30 yildan beri faoliyat yuritayotga Yaponiyaning JICE/JDS bunga tayyorku?

Gʻoya/taklifni amalga oshirish yoʻllari

Hozir respublikamiz iqtisodiyoti "texnologik saviyasi yoq" darajada [“Developing Firms’ Technological Capabilities.” E. Arnold, B. Thuriaux. 1997]. Agar Iqtisodiyot va Sanoat Vazirligi o'z Nizomida "intellektual va texnologik saviyani rivojlantirish ..." vazifasini belgilamasa, ta'lim sohasi umuman rivojlanmaydi. "Texnologik rivojlangan jamiyat uchun hodimlarni tarbiyalash tajribasi" ni o'tgan yili taklif qilgan edim. Lekin "imkoniyatlar chegaralangan", degan mazmunda javob eshitgan edim. Bu yildan boshlab nafaqat olinayotgan kreditlarning mu'ayyan qismi, balki alohida kreditlar ham ta'limga yo'naltirilyapti. Endi vaqti keldi, degan fikrdaman.

Izohlar (3)

f
faxridin Usmonov 20.11.2019 09:18

Men nabiralarimning 1 smenali maktabda o'qishlarini xoxlayman. Ota-onasi ertalab ishga ketayotganida birga uydan chiqishsin, onasi ishdan qaytgan vaqtida ular xam qaytishsin darsdan. Ota-onasi ishdan kelguncha nazoratsiz, chalaqorin, havf ostida yurmasin. Tushligi maktabda, standartlashtirilgan, to’laqonli, 1600-1800 kkal bo`lsin. Mahalliy hokimiyat, SSB va SES nazorat qilsin oziq-ovqat sifati va taomnomasini. (Surunkasiga makaron, palov, goroh berib, maktab oshxonasi bolalarini oshqozon-ichak kasalliklariga mubtalo qilmasin va maorifimizning oziq-ovqat ta`minotida o`grilikka o`rin qolmasin. Xozir o`grilik va urib qolishlar standart / me’yor yo`qligi uchun bo`lyapti). To`garak va seksiya deb, maktabdan boshqa joylarga borib, sarson bo`lishmasin. Darslarni o’ziga uyg'unlashtirilsin o’sha tugarak va seksiya dasturlari. Jismoniy tarbiya darsida suzish, kurash, voleybol, basketbol va boshka mashg’ulotlar bo’lsin. Badiy ko’nikmalar xam darslarda berilsin. Qo’shimcha repetitorga o’rin qolmasin. Intizomli, o`qimishli, kuchli bo’lsin. Qadrli vatandosh, siz xoxlarmidingiz farzandlaringiz va nabiralaringizning shunaqa sharoitda ta`lim olishlarini? Davlatga kerakmi kuchli, o`qimishli, yangi kasbiy, xarbiy, ilmiy va boshqa ko’nikmalarni tez va oson o`zlashtiradigan fuqaro? Soliqlarni va boshqa to’lovlarni o’z vaqtida to`laydigon, qoida buzmaydigan, kuchani iflos qilmaydigan, zarur harbiy yoki boshqa chaqiruvlarga javob beradigon intizomli fuqaro kerakmi? Menimcha ha! Buni ta'lim sifatini yaxshilash bilan, xususan 1 smenali o'qitish uchun mo'ljallangan maktablar bilan ta'minlash, maktablarda basseynlar va yetarlicha sportzallarning bo`lishi, sifatli ovqat, darslarga xamma to`garak va seksiyalarda beriladigon ko`nikmalarni xam qo`shish orqali amalga oshirish mumkin deb o`ylayman. Qadrli Iqtisod, Mudofaa, Xavfsizlik, Xuquq-Tartibot, Sanoat, Maorif bo`yicha mutasaddi raxbarlarimiz, iltimos, kadrlarni tayyorlash jarayoni bog`chadan sifatli boshlansin...

F
Faxridin Usmonov 06.11.2019 10:43

Men nabiralarimning 1 smenali maktabda o'qishlarini xoxlayman. Ota-onasi ertalab ishga ketayotganida birga uydan chiqishsin, onasi ishdan qaytgan vaqtida ular xam qaytishsin darsdan. Ota-onasi ishdan kelguncha nazoratsiz, havf ostida yurmasin. Tushligi xam maktabda, standartlashtirilgan, to’laqonli, 1600-1800 kkal bo`lsin. Mahalliy hokimiyat, SSB va SES nazorat qilsin oziq-ovqat sifati va taomnomasini. (Surunkasiga makaron, palov, goroh berib, maktab oshxonasi bolalarini oshqozon-ichak kasalliklariga mubtalo qilmasin va maorifimizning oziq-ovqat ta`minotida o`grilikka o`rin qolmasin. Xozir o`grilik va urib qolishlar standart / me’yor yo`qligi uchun bo`lyabdi). To`garak va seksiya deb, maktabdan boshqa joylarga borib, sarson bo`lishmasin. Darslarni o’ziga uyg'unlashtirilsin o’sha tugarak va seksiya dasturlari. Fizkultura darsida suzish, kurash, voleybol, basketbol va boshka mashg’ulotlar bo’lsin. Badiy ko’nikmalar xam darslarda berilsin. Qo’shimcha repetitorga o’rin qolmasin. Intizomli, o`qimishli, kuchli bo’lsin. Qadrli vatandosh, siz xoxlarmidingiz farzandlaringiz va nabiralaringizning shunaqa sharoitda ta`lim olishlarini? Davlatga kerakmi kuchli, o`qimishli, yangi kasbiy, xarbiy, ilmiy va boshqa ko’nikmalarni tez va oson o`zlashtiradigan fuqaro? Soliqlarni va boshqa to’lovlarni o’z vaqtida to`laydigon, qoida buzmaydigan, kuchani iflos qilmaydigan, zarur harbiy yoki boshqa chaqiruvlarga javob beradigon intizomli fuqaro kerakmi? Menimcha ha! Buni ta'lim sifatini yaxshilash bilan, xususan 1 smenali o'qitish uchun mo'ljallangan maktablar bilan ta'minlash, maktablarda basseynlar va yetarlicha sportzallarning bo`lishi, sifatli ovqat, darslarga xamma to`garak va seksiyalarda beriladigon ko`nikmalarni xam qo`shish orqali amalga oshirish mumkin deb o`ylayman. Qadrli Iqtisod, Mudofaa, Xavfsizlik, Xuquq-Tartibot, Sanoat, Maorif bo`yicha mutasaddi raxbarlarimiz, iltimos, kadrlarni tayyorlash jarayoni bog`chadan sifatli boshlanib, maktabda puxta davom etib, oliygohda tobiga

F
Faxridin Usmonov 06.11.2019 09:06

Мен набираларимнинг 1 сменали мактабда укишларини хохлайман. Ота-онаси эрталаб ишга кетаётганида бирга уйдан чикишсин, онаси ишдан кайтган вактида улар хам кайтишсин дарсдан. Назоратсиз, хавф остида юрмасин ота-онаси ишдан келгунича. Тушлиги хам мактабда, стандартлаштирилган, тулаконли, 1600-1800 ккал булсин. Махаллий хокимият, ССБ ва СЭС назорат килсин озик-овкат сифати ва таомномасини. (Сурункасига макарон, палов, горох бериб, мактаб ошхонаси болаларни ошкозон касаллигига мубтало килмасин ва маорифимиз озик-овкат таъминотида угирликка урин колмасин. Хозир угирлик ва уриб колишлар стандарт/меъёр йуклиги учун буляпти.) Тугарак ва секция деб мактабдан бошка жойларга бориб, сарсон булишмасин. Дарсларнинг узига уйгунлаштирилсин уша тугарак ва секция программаси. Физкультура дарсида сузиш, кураш, волейбол, баскетбол, ва бошка машгулотлар булсин. Бадиий куникмалар хам дарсларда берилсин. Кушимча репетиторга урин колмасин. Интизомли, укимишли, кучли булсин. Кадрли ватандош, сиз хохлармидингиз фарзандларингиз ва набираларингизнинг шунака шароитда таълим олишини? Давлатга керакми кучли, укимишли, янги касбий, харбий, илмий ва бошка куникмаларни тез ва осон узлаштирадиган фукаро? Соликларни ва бошка туловларни уз вактида тулайдиган, коида бузмайдиган, кучани ифлос килмайдиган, зарур харбий ёки бошка чакирикларга жавоб берадиган интизомли фукаро керакми? Менимча ха! Буни таълим сифатини яхшилаш билан, хусусан 1 сменали укитиш учун етарли мактаблар билан таъминлаш, мактабларда бассейнлар ва етарлича спортзалларнинг булиши, овкатнинг сифатли булиши, дарсларга хамма тугарак ва секцияларда бериладиган куникмаларни хам кушиш оркали килиш мумкин деб уйлайман. Кадрли Иктисод, Мудофаа, Хавфсизлик, Хукук Тартибот, Саноат, Маориф ва бошка сохалардаги мутасадди рахбарларимиз, илтимос, кадрларни тайёрлаш жараёни богчадан сифатли бошланиб, мактабда пухта давом этиб, олийгохда тобига етиб якунланишига ёрдам бермасангиз, давлатимиз ижтимоий, иктисодий ва сиёсий инкирозга...